So’nggi yangiliklar

17:52"Бавария" Компанига нисбатан ғалати қоида жорий қилди 0 17:01"Худди биринчи чемпионлик камаримни қўлга киритгандек бўлдим". Альварес WBC’нинг иккинчи ўрта вазн чемпиони бўлгани ҳақида 0 16:14Арман Царукян Александр Волкановски билан эҳтимолий жанг ҳақида гапирди 0 15:30Камару Усман Ислам Махачевнинг жангдан бош тортиши бўйича қарорини қўллаб-қувватлади 0 14:59Элит ОЧЛ. "Пахтакор" уйда, "Нефтчи" меҳмонда ўйнайди 0 14:45Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги рақиби аниқ бўлди 0 14:28Конор Макгрегор: "Ҳатто ҳаракат қилмасдан ҳам ҳаммадан устунман!" 0 13:57Хамзат Чимаев бир ўлиб тирилган яккакураш устасига қарши жанг қилади + ПОСТЕР 0 13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0

05 jan 13:39
Yangiliklar

Dzyudo

"Maktablarda dzyudo" dasturi ijrosi bajarilyaptimi?

Teglar :  DzyudoToshkent
Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF)ning “Maktablarda dzyudo” dasturi doirasida mamlakatimizning yigirmata umumtalim maktabida dzyudo to'garaklari faoliyati yo'lga qo'yilgan edi.

O'z o'rnida ushbu maktablar IJF tomonidan taqdim etilgan tatami va kimonolar bilan taminlangandi. “Maktablarda dzyudo” IJF loyihasi bo'lib, dasturning asosiy maqsadi 5-12 yoshli bolalarni dzyudo orqali ijtimoiy, talimiy va jismoniy ko'nikmalarga o'rgatishdan iborat. 

SHu maqsadda oldindan tanlab olingan umumtalim maktablarida dzyudo to'garaklari tashkil etilib, unga o'sha hududda yashovchi va dzyudoga qiziquvchi yoshlar qamrab olingan edi. 

O'zbekiston dzyudo federaciyasining maxsus ishchi guruhi ushbu dzyudo to'garaklarining bugungi faoliyati bilan tanishishni boshladi. Ilk manzil Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 29-umumtalim maktabida faoliyati yo'lga qo'yilgan dzyudo to'garagi bo'ldi. Hozirda 30 nafardan ziyod bolalar murabbiy Otamurod Husanov qo'l ostida dzyudo sir-asrorlarini o'rganmoqda. 

Ishchi guruh azosi Muhammad Bekzod Baxtiyorovning aytishicha, mashg'ulot o'tkazilayotgan sport zali issiq, bolalar hech qanday muammosiz shug'ullanishyapti. Pandemik vaziyat ancha yumshaganidan so'ng dzyudo bilan shug'ullanish istagini bildirayotgan yoshlar soni ortib bormoqda.      

Malumot uchun, O'zbekiston Xalq talimi vazirligi, Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF) hamda O'zbekiston dzyudo federaciyasi o'rtasida imzolangan Memorandumga binoan joriy 2021 yilda mamlakatimizning yana yigirmata umumtalim maktabida “Maktablarda dzyudo” dasturi bo'yicha dzyudo to'garaklari tashkil etiladi. Tatami va kimonolar IJF tomonidan etkazib beriladi. 

Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning 15 yanvarida Xalq talimi vaziri SHerzod SHermatov, IJF prezidenti Marius Vizer, O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi Azizjon Kamilov, Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev “Maktablarda dzyudo” dasturi bo'yicha hamkorlik bitimini imzolagan edilar. 

Aynan shu bitimga asosan “Maktablarda dzyudo” dasturiga yana 20 ta maktabni jalb etish va ularning sonini 40 taga etkazish ko'zda tutilgan. Kelishuv doirasida IJF O'zbekistonga har bir maktab uchun bittadan tatami va bolalar uchun 50 ta kimono taqdim etadi. 

Reja bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridagi ushbu maktablar qoshida tashkil etiladigan to'garaklarda 1000 nafarga yaqin o'quvchilarning dzyudo bilan muntazam shug'ullanishi taminlanadi. Mazkur loyiha Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev ilgari surgan besh tashabbusning ikkinchi qismini amalga oshirishda o'z hissasini qo'shadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing