So’nggi yangiliklar

10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0

26 iyu 19:18
Yangiliklar

Dzyudo

Malaka oshirish instituti hamda O'zbekiston dzyudo federaciyasi o'rtasida memorandum imzolandi

Teglar :  Dzyudo
Bugun jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda O'zbekiston dzyudo federaciyasi mutasaddilari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Yurtimizda sportning barcha sohalarini rivojlantirish, aholini sportga ommaviy tarzda jalb qilish orqali kelajagimiz egalari bo'lgan yosh avlodni har jihatdan etuk va komil inson sifatida ulg'aytirish, jahon arenalarida o'zbek sportchilari g'alabalari salmog'ini oshirishga yuksak darajada etibor qaratilmoqda. Bu borada sport talim muassasalari hamda sport federaciyalarining ham o'rni beqiyosdir.

Bugun, 26 iyul kuni O'zbekiston dzyudo federaciyasi hamda Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti mutasaddilari o'rtasida uchrashuv tashkil qilindi. 

Uchrashuvda yurtimizda dzyudo sport turi rivojiga alohida etibor qaratilayotganligi takidlab o'tilib, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 iyundagi “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-286-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash yuzasidan kadrlar tayyorlash, murabbiylar malakasini oshirish jarayonlari, ilmiy, o'quv-uslubiy ishlar borasida o'zaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

SHuningdek, trenerlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishda yakuniy test va suhbat jarayonlarini federaciya mutaxassislari bilan birgalikda tashkil etish, dzyudo bo'yicha taniqli sportchilar va institut tinglovchilari o'rtasida uchrashuvlar, mahorat darslari hamda davra suhbatlari tashkil etish, mutaxassis va professor-o'qituvchilarning o'zaro tajriba almashishlarini yo'lga qo'yish, sohaga doir adabiyotlar, uslubiy qo'llanmalar yaratish, xorijiy mutaxassislar ishtirokida maruzalar, ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil qilishga kelishib olindi.

 Uchrashuv yakunida O'zbekiston dzyudo federaciyasi hamda Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti o'rtasida o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yish to'g'risida memorandum imzolanib, kelishuv ikkala tomon uchun ham manfaatli bo'lishi takidlandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing