So’nggi yangiliklar

18:18Ўтмишга назар. Миржалол Қосимов катта футбол билан қандай хайрлашган эди? 0 17:23Теренс Кроуфорд Канело — Мбилли жанги учун тахминини айтди 0 16:52Guangzhou Nansha International. Ҳумоюн Султонов нимчорак финал босқичи масаласини ҳал қилди 0 16:12Тайсон Фьюри Дюбуанинг Уордлига қарши реваншдаги ғалабасига муносабат билдирди 0 15:44Дана Уайт Саудия Арабистонидаги турнирнинг бекор қилиниши ҳақидаги сўзларга муносабат билдирди 0 14:53Ningbo Open: Полина Кудерметова дунёнинг 38-ракеткасини мусобақадан чиқариб юборди. Кейинги рақиб — рейтинг пешқадами! 0 14:26Мбаппе "Onze d'Or" талқини бўйича 2025/26 йилги мавсумда Европанинг энг яхши футболчиси деб топилди 0 13:45Мовсар Евлоев: "UFC’да муддатидан олдин бирорта ҳам ғалабам йўқ, аммо..." 0 12:32Ўзбекистон терма жамоаси IHF Nations Trophy 2026 ғолиби бўлди 0 11:11Райан Гарсия Теофимо Лопес билан жанг қилиши мумкин — инсайдер 0 10:32"Реал" катта номли футболчилар кетидан қувиб, ишончни йўқотди" - Лапорта 0 09:44Ковингтон ва Диллон Дэнис яна учрашади (ПОСТЕР) 0 09:00WTA Ningbo Open. Раҳимова дунёнинг 26-ракеткасига қарши муносиб қаршилик кўрсатди 0 08:11Илья Сибирцев яна бир дастурда Ўзбекистон рекордини янгилади 0 07:30WBC Адамесга титулсиз жанг ўтказишга рухсат берди 0

26 mar 18:01
Yangiliklar

Qilichbozlik

Malika Xakimova: "Keyingi maqsad - Olimpiada oltin medali!"

Teglar :  Malika Xakimova
Qilichbozimiz Malika Xakimova reyting orqali Tokio Olimpiadasiga yo'llanma olganligi haqida xabar bergan edik.

Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng qilichbozimiz www.olamsport.com sayti uchun o'z fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Licenziya olishga ishongandim, chunki bu yo'lda juda ko'p mehnat qildik. Butun dunyoda kechayotgan vaziyat tufayli mening orzum yana bir yil ortga surildi, ammo yakunda bu men uchun eng yaxshisi bo'lib chiqdi! Aprel oyida Toshkentda bo'lib o'tadigan saralash musobaqalarida yo'llanmani qo'lga kiritaman deb o'ylagandim, lekin ko'rib turganingizdek barchasi oldindan ijobiy hal bo'ldi. Men jahon reytingidan o'tdim va bu o'zbekistonlik qilichbozlar orasida dastlabkisi hisoblanadi.

O'zimni ajoyib his qilyapman. Bu licenziya barchamizniki. Har qanday vaziyatda ham menga ishongan va birga ishlagan murabbiyim Ruslan Ravilevich Kudaevga, shuningdek, O'zbekiston Qilichbozlik federaciyasiga minnatdorchilik bildiraman. Albatta, terma jamoamizning barcha azolari licenziya olishlarini xohlayman, ularga bu yo'lda omad tilayman. Navbatdagi maqsadim - Olimpiada oltin medali", - dedi Xakimova muxbirimiz bilan suhbatda.



Malumot uchun, Malika Xakimova ayol qilichbozlarimiz orasida jahon reytingi orqali Olimpiya o'yinlariga yo'llanma olgan ilk sportchimizga aylandi. SHpagachimiz 2013 yil o'smirlar o'rtasida, 2014 yil esa kattalar o'rtasida Osiyo chempioni, kattalar o'rtasida Jahon kubogi sovrindori hisoblanadi.

Ilgari qilichbozlarimiz orasida 3 nafari Olimpiya O'yinlarida ishtirok etgan. Bugungacha rapirachimiz Rafkat Ro'ziev Atlanta-1996 Olimpiadasida, shpagachilarimizdan Anisa Petrova Sidney-2000, Ruslan Kudaev esa London-2012 Olimpiadasida ishtirok etishgan. Aprel oyida poytaxtimiz mezbonligidagi litcenzion musobaqa yakunida bunday sportchilarimiz soni yanada ortishiga umid qilamiz.

SARVINOZ RAXMONQULOVA suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing