23 sen 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA

"Mana shu sababli ular muvaffaqiyatga erishishadi". Korme – Xabib va Maxachev haqida
Sobiq UFC chempioni Daniel Korme Xabib Nurmagomedov va Islam Maxachev haqida fikr bildirdi.
"2013 yili Xabib, Islam va Mamedov zalimizga kelishdi. Hammamiz darhol ularning o'zgacha ekanini angladik. Ular mashg'ulotlarda qattiq mehnat qilishardi. Lekin ularda boshqa yo'l yo'q.
Biz uchun bu tanlov. Sen jahon chempioni bo'lishing yoki oilang uchun pul topishning boshqa yo'lini topishing mumkin. Lekin bu yigitlar unday emas. Ular muvaffaqiyatga erishishi shart. Ular shunday qilganda, o'z oilalari va yaqinlarining hayotini o'zgartiradilar. SHu sababli ular muvaffaqiyatga erishishadi", – dedi Korme FunkMasterMMA YouTube-kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : FunkMasterMMA
Fikrlar