14 jan 07:41
Yangiliklar
Manba: Adecanya, Neyt Diaz, Konor va Ngannu 2022 yilda UFC'ni tark etishi mumkin
Taniqli jurnalist va insayder Ariel Xelvani ushbu yilda kim UFC'ni tark etishi mumkinligi haqida gapirdi.
"2022 yildagi yana bir hikoya - Israel Adesanyaning shartnomasi. Ahvol Neyt Diazchalik emas, ammo voqealar rivojini kuzatish qiziq bo'ladi.
Adesanyaning shartnomasi yakunlanmoqda. Diazning shartnomasi ham deyarli tamom bo'ldi. Makgregorning shartnomasi ham o'z nixoyasiga etib qoldi. Ngannu bilan ham deyarli shu ahvol. Bu jangchilar 2022 yilda UFC'ni tark etishlari mumkin. Bizni juda qiziq davr kutmoqda.
UFC'ning muvaffaqiyatlari shundaki, ular jangchilarga shartnomalari yakunlanguncha imkon berishmaydi. SHuning uchun ular amaldagi shartnoma yakunlangancha jangchilarga istalgancha munosabatda bo'lishadi. Jangchilar esa erkin agent sifatida o'zlarining bozor narxlarini belgilab olishga urinishadi.
Agar yuqoridagi jangchilar to'g'ri yo'ldan ketishayotgan bo'lishsa va buni uddalay olishsa, unda bizni rostan ham juda qiziq davr kutmoqda", - dedi Ariel Xelvani.
Fikrlar