18 iyu 15:32
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Siti" "Al Ahli"ning Mahrez bo'yicha taklifini rad etdi
"Manchester Siti" "Al Ahli"ning vinger Riyad Marez borasidagi taklifidan qoniqmadi.
Jurnalist Saymon Jonsning yozishicha, "shaharliklar" Saudiya Arabistoni klubining 32 yoshli jazoirlik futbolchisi uchun 21 million evrolik taklifini rad etishdi.
Qayd etilishicha, britaniyaliklar futbolchi uchun ko'proq maosh olishni ko'zlashmoqda.
Avvalroq "Al Ahli" Marezga yiliga 46 million evro taklif qilishga tayyor ekani xabar qilingandi.
Jazoirlik futbolchi 2022/23 yilgi mavsum "Siti" safida 47 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. SHartnoma 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 20 mln evroga baholamoqda.
Havola :
Manba : CBS Sports
Fikrlar