25 iyu 12:18
Yangiliklar
Futbol
“Manchester Siti” Gvardiol bilan kelishuvga erishdi
“Manchester Siti” “Leypcig” himoyachisi Yoshko Gvardiol bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi, deya xabar beradi jurnalist Fabricio Romano o'zining Tvitter sahifasida.
Manbaga ko'ra, Endi jamoalar o'zaro kelishib olsa bo'lgani. Nemis jamoasi o'z himoya qo'rg'oning etakchisi bilan xayrlashish niyatida emas, 21 yoshli futbolchini 100 million evroga sotishga tayyor.
21 yoshli xorvatiyalikning "Leypcig" bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 75 million evroga baholamoqda.
Gvardiol o'tgan mavsum "Leypcig" safida 41 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta to'p kiritdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar