17 iyu 16:04
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Yunayted" Franciya terma jamoasi azosiga 60 million evro to'lashga tayyor
"Manchester Yunayted" yarim himoyachi Manu Konening transferi bo'yicha "Roma"ga 60 million evro taklif qilishga tayyor.
"Qizil iblislar" "Atalanta"dan Edersonni sotib olish bo'yicha kelishuv barbod bo'lganidan so'ng, bor etiborini 25 yoshli futbolchini qo'lga kiritishga qaratdi. Bu haqda "Tuttosport" xabar bermoqda.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida "bo'rilar" francuz o'yinchisini 50 million funt sterlingga (58,5 million evro) sotishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.
Yakunlangan mavsumda Kone barcha musobaqalarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. "Transfermarkt" portali malumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi.
Havola :
Manba : Tuttosport
Fikrlar