14 avg 15:18
Yangiliklar
“Manchester Yunayted” transfer oynasi yopilgunga qadar yana ikkita shov-shuvli xaridni amalga oshirmoqchi
Sem Lakxyorstning so'zlariga ko'ra, “Yunayted”ning chap qanotdagi asosiy nishoni Lyuis Xoll hisoblanadi, biroq “Nyukasl” o'z himoyachisini qo'yib yuborishni istamayapti. Muqobil variant sifatida Maylz Lyuis-Skelli ko'rib chiqilgandi, ammo “Arsenal” 19 yoshli iqtidor egasi uchun haddan tashqari yuqori narx so'ragan.
Tayanch yarim himoyachisi poziciyasiga esa “qizil iblislar” “Real” futbolchisi Orelen CHuameni hamda “Brayton”dan Karlos Balebani kuzatmoqda.
Bu kelishuvlar ancha qimmatga tushishi kutilmoqda: Transfermarkt malumotlariga ko'ra, “Nyukasl” Xollni 60 million funtga baholamoqda, “Brayton” esa Baleba uchun 55 million evro talab qilmoqda — qolaversa, “Brayton” muzokaralarda doimo qatiy turib, to'qqiz xonali (100 mln+) summadan kamiga kamdan-kam hollarda rozi bo'ladi.
SHu bilan birga, kamerunlik futbolchining o'zi anchadan beri “Old Trafford”ga o'tishni orzu qilib kelmoqda va transferni faol ravishda talab qilmoqda, biroq uning yaqindagi pay jarohati qo'shimcha xavf tug'dirmoqda.
Malumot o'rnida, transfer oynasi 1 sentyabrda yopiladi.
Fikrlar