08 okt 18:34
Yangiliklar

Manuel CHarr Fyuriga qarshi jang haqida: "Hatto Tirannozavr bilan ham jang qilishga tayyorman"
Bokschi yana britaniyalikni jang qilish uchun shartnoma imzolashga chaqirdi.
"Tayson Fyuri bilan jang qilish uchun imzolangan shartnomani kutyapman. Promouter Erol Jeylan bilan uzoq vaqt oldin shartnoma imzolagan edim. Frenk Uorrenning uchta bokschisi bilan ham jang qilishim mumkin.
Ulardan qaysi biri birinchi bo'lib mag'lub bo'lishni xohlamasin, men tayyorman. Uchalasi bilan bir oqshomda jang qilaman. Hech kimdan qo'rqmayman. Qo'rquv — his-tuyg'ularni boshqarish mumkin bo'lgan tuyg'u. Qo'rquv faqat sizning xayolingizda mavjud.
Meni taniganlarning hammasi biladi, hatto Tirannozavr bilan ham jang qilishga tayyorman. Tayson Fyurini to'rt raund ichida nokautga uchrataman", — deya CHarrning so'zlarini keltiradi The Sun.
Fikrlar