22 okt 09:27
Yangiliklar
Engil atletika
Marafonchimiz SHohruh Davlatov Keniyada shug'ullanmoqda
Engil atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi SHohruh Davlatov yana Keniyada o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishdi.
Hamyurtimiz Iten shaharda noyabr oyining so'nggiga qadar shug'ullanadi.
Rejaga ko'ra, Davlatov 27 oktyabr kuni Valensiyada o'tadigan nufuzli yarim marafon turnirida startga chiqadi. SHundan so'ng yana Keniyada tayyorgarlikni davom ettiradi. Atletimiz 27 noyabr kuni Itendagi so'nggi mashg'ulotni o'tkazib, yana Valenciyaga yo'l oladi. U erda hamyurtimiz 1 dekabrga belgilangan «platinum» darajasidagi marafonda qatnashadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar