22 dek 12:51
Yangiliklar

Marina Moroz va Mariya Agapova UFC 272 da jang qiladi
5 mart kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 272 turniri kardiga ayollar o'rtasidagi Mariya Agapova va Marina Moroz jangi qo'shildi. 24 yoshli Mariya Agapova oktyabr oyida o'z karerasini tikladi va uchinchi raundda Sabina Mazuni bo'g'ish usuli bilan engdi. Bungacha Qozog'iston vakili UFC bayrog'i ostida ilk mag'lubiyatini qabul qilib, SHeyn Dobsonga texnik nokaut bilan yutqazgan edi.
30 yoshli ukrainalik Marina Moroz ketma-ket ikkita g'alaba qozonib, Sabina Mazo va Mayra Bueno Silvani hakamlar qaroriga ko'ra mag'lub etgan.
Eslatib o'tamiz, qizlar sobiq jamoadoshlar bo'lib, Moroz Agapovani giyohvand moddalarni istemol qilish va jamoadoshlariga tahdid qilishda ayblaganidan keyin ular o'rtasida ommaviy mojaro kelib chiqqan.
Fikrlar