11 iyu 16:42
Yangiliklar
Dzyudo

Marius Vizer oltinchi muddatga IJF prezidenti etib saylandi
Vengriyaning Budapesht shahrida Xalqaro dzyudo federaciyasi (IJF)ning navbatdagi Kongressi bo'lib o'tdi.
Ushbu muhim tadbirda O'zbekiston dzyudo federaciyasi raisi, Osiyo dzyudo ittifoqi vice-prezidenti Azizjon Kamilov ham ishtirok etdi.
Qita dzyudo ittifoqlari, milliy federaciyalar rahbar hamda delegatlari qatnashgan katta dzyudo forumi doirasida IJF Ijroiya qo'mitasining yig'ilishi ham o'tkazildi. Unda Marius Vizer navbatdagi 4 yillik muddatga IJF prezidenti etib saylandi.
O'zbekiston dzyudo federaciyasi janob Marius Vizerni oltinchi muddatga prezident etib saylangani bilan muborakbod etadi. Aytish joiz, Vizer boshchiligidagi dzyudo olimpiya sport turlari orasida o'z mavqeyini yildan-yilga mustahkamlab bormoqda.
Havola :
Manba : t.me/judouz
Fikrlar