28 avg 15:03
Yangiliklar
Tennis
Mariya Timofeeva US Open tufayli Monterrey turniridagi ishtirokini yakunladi
Bu haqda O'zbekiston tennis federaciyasi xabar berdi.
"O'zbekiston vakili Mariya Timofeeva bel sohasidagi og'riqlar sababli Monterreyda o'tayotgan WTA 500 turnirining ikkinchi davrasida kortga chiqa olmadi.
Turnirning saralash bosqichida Mariya ketma-ket ikkita uch setli keskin uchrashuv o'tkazdi. Katta jismoniy yuklamani inobatga olgan holda, sportchi va uning jamoasi tavakkal qilmaslik hamda tiklanishga etibor qaratish haqida qaror qabul qildi.
Endilikda Mariya mavsumning so'nggi “Katta dubulg'a” turniri — US Open oldidan sog'lig'ini tiklash va musobaqaga tayyorgarlik ko'rishga etibor qaratadi.
Mariyaga tezroq tiklanib, US Open'da omadli ishtirok etishini tilaymiz!", deyiladi federaciya xabarida.

Havola :
Manba : utf.uz
Fikrlar