03 okt 14:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Mark Cukerberg sabab jurnalistlar UFC Vegas 61 turniriga kiritilmadi
Kecha AQSHda bo'lib o'tgan UFC Vegas 61 turniriga ommaviy axborot vositalari xodimlari kiritilmagan.
MMA Junkie nashri tomonidan bunga sabab sifatida milliarder Mark Cukerbergning musobaqaga tashrifi keltirilmoqda.
Taqdim etilgan malumotlarga ko'ra, jurnalistlar matbuot anjumanlari va boshqa rasmiy tadbirlarda qatnashish maqsadida hafta avvalida rasmiy akrreditaciya uchun ro'yxatdan o'tishgan. Biroq UFC jurnalistlarga janglarni yoritish uchun ruxsat bermagan.
Xabar qilinishicha, musobaqaga milliarder Mark Cukerberg tashrif buyurgan. Birgina UFC'ning rasmiy hamkori bo'lgan ESPN telekanaliga ruxsat berilgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar