04 jan 11:48
Yangiliklar

Mark Xant Dana Uayt va UFC asoschilarini jangga chaqirdi
Malumot uchun, sportchi va promoushen o'rtasida bir necha yildan beri sud ishi ketmoqda.
"Mark "Supersamoalik" Xant Dana "Parazit" Uayt, Lorenco va Frenk Fertittalarga qarshi. Bu omadsizlarga qarshi besh raundlik jang. Dana Uayt, Lorenco va Frenk Fertittalar qanchadan-qancha jangchilarning qonini so'rib kelishgan. Agar sizlar meni mag'lub qilsangiz, men o'z arizamni qaytarib olaman. Bordiyu, g'alaba qozonsam, sizlar UFC'ga asos solingan yildan beri talon-taroj qilingan barcha jangchilarga pul to'laysiz. Kim bu jangni ko'rishni istaydi?", - deb yozadi Mark Xant.
Eslatib o'tamiz, Mark Xant 2017 yilda UFC'ni sudga bergandi. Bunga sabab, tashkilot Bruk Lesnarda doping aniqlanganligini bila turib, uni Mark Xant bilan jangga qo'yganligi va bu orqali Markning hayotini xavf ostiga qo'ygani bo'lgandi.
Fikrlar