24 apr 09:06
Yangiliklar
Dzyudo

Markaziy Osiyo mintaqasi dzyudosi istiqbollari muhokama qilindi
Tailandning Bangkok shahrida Osiyo dzyudo ittifoqining navbatdagi Kongressi bo'lib o'tdi.
Yig'ilishdan so'ng Markaziy Osiyo dzyudo federaciyalari rahbarlari uchrashuvi o'tkazildi.
Unda mutasaddilar mintaqa dzyudosini yangi bosqichga olib chiqish, hamkorlikda o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazish, murabbiy va hakamlar uchun seminarlar tashkil etish, klublar tizimini rivojlantirish kabi Markaziy Osiyo davlatlari uchun birdek manfaatli masalalarni muhokama qilishdi.
Tomonlar o'zaro hamkorlik mintaqa dzyudosi rivoji uchun har taraflama foydali va barcha uchun manfaatli bo'lishini takidlashdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar