19 dek 13:00
Yangiliklar
Dzyudo
Marko Spittka o'tkazgan uch kunlik murabbiylar seminari yakunlandi FOTOREPORTAJ
O'zbekiston dzyudo federaciyasida Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahri murabbiylari uchun seminar o'tkazildi.
Ushbu seminar O'zbekiston dzyudo federaciyasi sport direktori Marko Spittka tomonidan olib borildi. Uch kunga mo'ljallangan seminarda murabbiylarimiz tajribali mutaxassis yordamida o'z bilim va ko'nikmalarini oshirib oldilar. Mashg'ulotlar nazariy va amaliy ko'rinishda olib borildi.
Marko Spittka turli yosh toifasidagi dzyudochilar uchun mo'ljallangan mashg'ulotlarni qay tarzda o'tkazish, razminka va o'yinlar, parter texnikasi, tatamida yakka va jamoaviy usulda ishlash kabi yo'nalishlardagi bilimlarini murabbiylar bilan ulashdi. Har bir mashg'ulot so'nggida murabbiylar mavzu yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdia.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar