09 fev 15:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Marlon Tapales: Bir emas, ikkita chempionlik kamari uchun kurashayotganimdan xursandman
Marlon Tapales Murodjon Ahmadaliev bilan bo'lajak jang haqida gapirdi.
«Bir emas, ikkita jahon chempionlik kamari uchun kurashish imkoniyati berilganidan juda xursandman. Mening orzuim yana jahon chempioni bo'lish. Menga bunday imkoniyatni taqdim etgani uchun Sanman Boxing, Knucklehead Boxing, Shapiro Sports, Viva Promotions va TGB Promotions'dagi jamoamga minnatdorchilik bildirmoqchiman. IBF va WBA kamarlarini qo'lga kiritganimda Filippinga olqish va shon-sharaf keltiraman», - dedi Tapales.
Havola :
Manba : BOXINGSCENE
Fikrlar