16 mar 14:57
Yangiliklar
Stol tennisi
"Maroqand" jamoasi Evroosiyo stol tennisi ligasida g'olib bo'ldi
Olma-ota shahrida Evroosiyo stol tennisi ligasi ayollar jamoalari o'rtasidagi 2-liga musobaqasi yakunlandi.
Qozog'iston, O'zbekiston, Ozarbayjon va Rossiya mamlakatlarining 12 ta stol tennisi jamoalari qatnashgan bahslarda vatanimiz sharafini Toshkentning "Maroqand", Samarqandning "OAZIS" va Toshkent viloyatining "Xvan Man Gim" jamoasi stol tennischilari himoya qilishdi.
Quvonarlisi, O'zbekiston nomidan ilk bor yurtimiz tadbirkorlari qo'llab-quvvatlashi bilan xususiy klub sifatida ishtirok etgan "Maroqand" jamoasi ushbu mavsumning birinchi bosqichi g'olibiga aylandi.
Vakilalarimiz birinchi o'rin uchun bahsda Ozarbayjonning "Qarabag' NN" klubini 3:0 hisobida taslim etishdi.





Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar