16 sen 09:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Marufjon Mamarazikov Open FC chempionligi uchun jang qildi
Rossiya Federaciyasining Barnaul shahrida MMA bo'yicha Open FC 46 turniri o'tkazildi.
Oqshomning markaziy jangida hamyurtimiz Marufjon Mamarazikov (6-3-0) rossiyalik Guseyn Xalikovga (14-5-0) qarshi oktagonga ko'tarildi.
CHempionlik kamari uchun kechgan jang to'liq 3 raund davom etdi. Unda hakamlarning yakdil qarori bilan Guseyn Xalikov g'alaba qozondi va eng engil vazn toifasida Open FC'ning vaqtinchalik chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
Bu Mamarazikov uchun faoliyatidagi to'qqizinchi jangida qabul qilib olgan uchinchi mag'lubiyati bo'ldi. Uning hisobida 6 g'alaba bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar