02 okt 09:41
Yangiliklar
Mashhur farmacevt: “Oksilofrin klenbuteroldan ancha kuchli”
Konte o'z vaqtida BALCO kompaniyasi orqali taqiqlangan moddalarni tarqatgani uchun sudlangan edi. U ayni paytda Scientific Nutrition for Advanced Conditioning (SNAC) sport tayyorgarlik markazini boshqaryapti. Bu erda yaqindagina dopingga tushib qolgan o'rta vaznda WBO chempionlik kamariga davogar Demetrius Andreyd ham mashg'ulot o'tkazadi.
Farmacevtning so'zlariga qaraganda, o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Billi Jo Sondersning qon tarkibida aniqlangan oksilofrin preparati so'nggi paytlarda jiddiy qabul qilingan klenbuterol moddasidan anchagina kuchli ekan.
Konte oksilofrin va boshqa stimulyatorlar vazn tashlash, tezlik, kuch va energiyani oshirish uchun yordam beradi. Sonders oksilofrin yordamida o'z vaznini 14 (!!!) kilogrammga kamaytirishga erishgan.
Fikrlar