12 okt 11:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Mashhur UFC hakami oshqozon yorilishi bilan kasalxonaga yotqizildi + FOTO
Mashhur UFC hakami Mayk Beltran og'ir xastalik tufayli kasalxonaga yotqizilganidan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda muxlislariga yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.
Beltranning so'zlariga ko'ra, u divertikulit (ichakning yallig'lanishi) bilan kasalxonaga yotqizilgan. Bu oshqozon yorilishiga sabab bo'lgan.
"Barchangizga tilaklaringiz uchun rahmat. Divertikulit bilan kasalxonaga yotqizildim. Bu erga tushganimdan keyin menga g'amxo'rlik qilgan xodimlarga rahmat. Endi dam olishim uchun menga vaqt kerak", - deb yozadi Beltran.
Beltran 2006 yilda afsonaviy Jon Makkarti bilan uchrashuvidan so'ng hakamlik kursiga kirgandi. Licenziya olgach, 2007 yilda oktagonda uchinchi hakam sifatida debyut qildi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar