12 fev 07:36
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/322514_220.jpg)
Mashrabjon Ro'ziboev qo'shilganidan keyin UFC'dagi o'zbekistonliklar soni necha nafarga etdi?
Kecha o'zbekistonlik MMA jangchisi Mashrabjon Ro'ziboevning UFC'ga o'tgani haqida xabar berildi.
Hamyurtimiz 16 fevral kuni tongda tashkil etiladigan UFC Vegas 102 turniri doirasida amerikalik Jared Gordon bilan bahs olib boradi.
Qayd etish joiz, Mashrabjon qo'shilganidan keyin UFC'dagi amaldagi o'zbekistonliklar soni yana 4 nafarga etdi. Bular Nursulton Ro'ziboev, Bogdan Guskov, Ramazon Temirov va Mashrabjon Ro'ziboev.
Malumot uchun, shu kungacha jami 8 nafar o'zbekistonlik MMA jangchisi UFC turnirlarida ishtirok etgan, ulardan to'rt nafari (Mahmud Muradov, Zarruh Adashev, Saidyoqub Qahramonov va Liliya SHakirova) hozirda mazkur Liga azosi emas.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar