12 iyu 12:22
Yangiliklar
Boks/MMA
Mashrabjon Ro'ziboev Rossiyada UFC sobiq jangchisi bilan to'qnash keldi
Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskva shahrida MMA bo'yicha Open FC 67 turniri tashkil etildi.
Biz uchun ahamiyatlisi, musobaqada hamyurtimiz Mashrabjon Ro'ziboev ham ishtirok etdi.
Mashrabjonga braziliyalik Gabriel Miranda raqiblik qildi. Jangda hamyurtimiz birinchi raunddayoq raqibini texnik nokaut orqali taslim etishning uddasidan chiqdi.
Endi UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboevning ukasi hisoblangan Mashrabjon Ro'ziboevning hisobida 21 ta g'alaba, 4 ta mag'lubiyat va 1 ta durang bor. Gabriel Miranda esa o'ninchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar