12 fev 12:51
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/322533_220.jpg)
Mashrabjon Ro'ziboevning jangi prelim kardda o'tkaziladi
Xabaringiz bor, 16 fevral tongida AQSHning Las-Vegas shahrida UFC Fight Night turniri o'tkaziladi.
Kecha malum qilganimizdek, turnir doirasida engil vaznli o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Mashrabjon Ro'ziboev ham jang qiladi.
Amerikalik Jared Gordonga qarshi kechadigan bellashuv hamyurtimiz uchun UFC'dagi debyut bo'ladi. U zaxira jangchisi sifatida Ligaga qo'shildi.
Ro'ziboev — Gordon bellashuvi turnirning prelim kardi doirasida o'tkaziladi. Taxminlarga ko'ra, jang 16 fevral kuni Toshkent vaqti bilan tonggi 4:00 dan keyin boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar