09 iyu 18:36
Yangiliklar
Mashrabjon Ro'ziboevning keyingi raqibi UFC sobiq jangchisi bo'ladi
Hamyurtimiz 11 iyul kuni Rossiya Federaciyasi poytaxti Moskvada joylashgan Vegas City majmuasida tashkil etiladigan Open FC 67 turnirida ishtirok etadi.
Mashrabjonga turnir doirasida braziliyalik Gabriel Miranda raqiblik qiladi.
Mashrabjon Ro'ziboev — UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboevning ukasi. U Open FC muxlislari orasida yaxshi tanilgan bo'lib, tashkilotda uchta jang o'tkazgan. Kichik Ro'ziboev faoliyati davomida 20 ta g'alabaga erishgan, ularning 17 tasi muddatidan oldin yakunlangan. U 2023 yildan buyon ilk bor oktagonga qaytmoqda.
"Uchuvchi" laqabi bilan tanilgan Gabriel Miranda UFC sobiq jangchisi hisoblanadi. U dunyoning eng kuchli ligasida to'rtta jang o'tkazgan, shuningdek, shuningdek, Brave CF ligasida ham ishtirok etgan.

Fikrlar