So’nggi yangiliklar

22:26Холмурод Нурматов иштирокидаги жанг муддатидан олдин якунланди 0 20:05Анвар Абдуллаев фаолиятидаги илк мағлубиятини ACA Лигасида қабул қилиб олди 0 19:37Дэвид Бенавидес Бивол билан жанг бўйича музокаралар бошланганини айтди 0 19:15ACA 203. Шариф Кушаев иорданиялик рақиб билан жанг қилди 0 19:01Исо Масиҳга ўхшатилган ва маданий ҳаёт туфайли "Манчестер Сити"дан кетган. Ўзбекистоннинг янги мураббийи ҳақида нималар биламиз? 0 18:39Хамзат Чимаев RAF турнирида Кайл Снайдерга қарши кураш эҳтимолини баҳолади 0 18:18Риёд-2026 Жанг санъати ва ёпиқ иншоотлардаги Осиё ўйинлари дастурига кирган спорт турлари маълум бўлди 0 17:52Хотамбек Бойназаров UFC'да Хоакин Бакли билан жанг қилиш ҳақида гапирди 0 17:25Палмер "Манчестер Юнайтед"га ўтишга рози?! 0 17:02Фурқатбек Ёқубов — ўзбекистонлик ММА жангчиларига: "Рақиб танлашда озгина уялинглар!" 0 16:39Қозоғистон жаҳон хоккейи элитасига қайтди! 0 16:16Дана Уайт Конор Макгрегорнинг қайтаётганини тасдиқлади 0 15:40ЖЧ-2026 финали чипталари 33 000 долларгача ошди 0 15:14Расман: Арман Царукян Топурия - Гэтжи жанги учун захира варианти бўлади 0 14:39Абдусатторов, Синдаров ва бошқалар. Самарқандда ўтказиладиган Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси учун таркибларимиз эълон қилинди 0

22 mar 07:27
Yangiliklar

Boshqalar

Masofaviy talim: bu jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining malakasini oshirishda qanday ahamiyatga ega?

Teglar :  Masofaviy talim
Mamlakatimizda so'nggi yillarda zamonaviy talim tizimini shakllantirishga keng etibor qaratilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasining Ijtimoiy sohani rivojlantirish nomli to'rtinchi ustuvor yo'nalishida talim sifatini yaxshilashga, talim tizimida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish masalalariga keng etibor qaratilgan.

SHu bois, hozirgi kunda sport talim tizimida sezilarli o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Talim olishni takomillashtirishda yangi axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan, masofaviy talim shakli shular jumlasidan bo'lib, u mustaqil talim olishning yangi shaklidir.

Masofaviy talim masofadan turib o'qitish bo'lib, bunda o'qituvchi va talim oluvchi o'rtasida masofa mavjud bo'ladi. Masofaviy talimda o'quv jarayonlari zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi. Masalan, AQSHda oliy o'quv yurtlarining yarmidan ko'pi talim jarayonining ajralmas qismi sifatida masofaviy onlayn o'qitish dasturlarini qo'llaydi.

Masofaviy talimning o'ziga xos jihati, talim oluvchilarga mustaqil bilim olishga imkoniyat berilishidir. Masofaviy talim jarayonida talim oluvchilar barcha turdagi axborot-kommunikaciya vositalaridan keng foydalanadi. Masofaviy talim AQSHda o'tgan asrning 60-yillari o'rtalari, Evropada esa 70-yillardan jadal rivojlana boshlangan.

Hozirgi kunda ixcham va nisbatan arzon bo'lgan notebook, netbook, i-pad, i-phone va smartphone kabi yangi axborot vositalari hayotimizga keng kirib kelmoqda. SHu sababli sport talimida bu vositalardan foydalanishga bo'lgan qiziqish va talab ortib bormoqda. Masofaviy talim esa aynan shu texnologiyalar vositasida amalga oshiriladigan jarayon hisoblanadi.

Masofaviy talimning yana bir afzalligi, unda tinglovchi o'ziga qulay vaqtda bilim olishi mumkin. Aynan shunday afzalliklari tufayli ushbu tizim dunyoda keng ommalashgan. Hozirda ilg'or axborot-kommunikaciya texnologiyalari yordamida masofaviy talim tizimi o'zining qulayligi sababli butun jahonda rivojlanib, ijobiy samara bermoqda.

Malaka oshirish kurslariga bevosita qatnab o'qish imkoniyatiga bo'lmaganlar, malakasini oshirishni xohlovchilar, nogironlar va boshqa turli sabablarga ko'ra, bevosita markazda o'qish sharoitiga ega bo'lmagan shaxslarning masofadan turib talim olishga bo'lgan talablari ortib borishi tabiiydir. Masofaviy talimning ananaviy usullaridan foydalanish, imkoniyatlari tibbiy shart-sharoitlar tufayli chegaralangan shaxslar uchun ham qulay sharoitni yaratib beradi.

Masofaviy talimning tarkibiy belgilari:

– o'qituvchi;

– tinglovchi;

– masofaviy malaka oshirish platformasi.

Masofaviy talim uslubiy materiallari quyidagilar hisoblanadi:

– darslik, o'quv, uslubiy qo'llanma va o'quv-uslubiy majmualar;

– audio va video darsliklar;

– onlayn darslar (Internet sahifa);

– elektron kutubxona;

– testlar;

– multimedia elektron darsliklar.

Jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislari uchun masofali talim tizimi shakli joriy etilsa:

– tinglovchilarning ixtiyoriy vaqtda mustaqil o'qishi taminlanadi;

– jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga bilim olishi uchun sharoit yaratiladi;

– talabgorlarning ko'p qismini trenerlik faoliyati bilan shug'ullanishiga imkoniyat yaratiladi.

– trenerlik faoliyatiga bog'liq sohalar bo'yicha (sport psixologiyasi, dietologiya, farmakologiya, tibbiyot) bilimlarini oshirishga qo'shimcha qulaylik yaratiladi.

Tabiiyki, talim birinchi o'rinda didaktik va bilish maqsadlaridan kelib chiqadi. Ikkinchidan, talim oluvchilarning xususiyatlari inobatga olinishi darkor. Har qanday masofaviy o'qitishning samaradorligi to'rtta elementdan iborat:

a) o'qituvchi va tinglovchi o'zaro hamkorligining samarali bo'lishi (ular bir-birlaridan boshqa joylarda joylashgan bo'lsalar ham);

b) qo'llaniladigan pedagogik texnologiyalarning zamonaviyligi;

v) uslubiy materiallar va ularni etkazish vositalarini samarali tashkil etilganligi;

g) teskari aloqaning samaradorligi.

Bu kabi jihatlarning tatbiq etilishi malaka oshirish tizimida yo'lga qo'yilayotgan masofaviy talimning samaradorligi oshishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Hozirgi kunda mamlakatimizda masofaviy talimni tashkil etish bilan bog'liq tashkiliy jarayonlar asnosida jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislarining malakasini oshirishda ham masofaviy talimni tashkil etish va takomillashtirishni besh bosqichda olib borish rejalashtirilgan:

Birinchi bosqichda malaka oshirish markazi professor-o'qituvchilari va xodimlari tomonidan yaratilgan elektron o'quv resurslarni takomillashtirish uchun AKT mutaxassislari tomonidan o'quv kurslari orqali tajribalarini oshirish.

Ikkinchi bosqich. Hozirda yaratilgan elektron o'quv resurslarining tarkibi quyidagicha bo'lishi rejalashtirilmoqda. Unga ko'ra, modullar bo'yicha audio va videomaruza, mustaqil o'rganish uchun nazariy malumotlar, glossariy va bilimlarni nazorat qiladigan test savollari.

Uchinchi bosqichda elektron o'quv resurslari ilmiy-metodik kengash tomonidan tasdiqlangach, resurslar professor-o'qituvchilar tomonidan masofaviy malaka oshirish platformasiga joylanadi.

To'rtinchi bosqichda professor-o'qituvchilar elektron talim tizimini ishlatish bo'yicha masofaviy tarzda bosqichma-bosqich tajribalarini oshirib borishi taminlanadi.

Beshinchi bosqichda jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi tinglovchilari, jismoniy tarbiya va sport klublari, davlat hamda nodavlat boshqa sport tashkilotlarida faoliyat yurituvchi trenerlarni o'qitishda masofaviy talim tizimidan foydalaniladi.

Demak, mamlakatimizda talimning yangi bosqichiga o'tilayotgan hozirgi kunda masofaviy talimning samaradorligini oshirish omillari va imkoniyatlari aniqlanib, ular jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish tizimida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilinsa, masofaviy talim tizimini muvaffaqiyatli tashkil etilishi taminlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing