23 iyu 17:49
Yangiliklar
Masvidal agar Konorga qarshi jang berilmasa kim bilan to'qnash kelishini aytdi
"Noyabr yoki dekabrda qaytishga tayyorman. Agar Konorda kokain bilan bog'liq muammolar yuzaga keladigan bo'lsa, men osonlikcha pul ishlab ololmayman. SHunchaki uning yuzini bejab qo'ymoqchiman. Kel, buni amalga oshiramiz. Kel, sog'lig'ingga zarar etib qolmasdan, imkon qadar ko'proq pulli translyaciya sotamiz.
Men qafasga kirib, uni nokaut qilaman va o'z chekimni olaman. Menga pullar kerak, chunki bolalarimga g'amxo'rlik qilishim lozim.
Agar Konorga qarshi jang amalga oshmasa, bilmayman nima bo'ladi. Katta ehtimol bilan Gilert Byorns bilan jang bo'lsa kerak. Bu men uchun yaxshi jang bo'ladi. Gilbert jangchi sifatida menga yoqadi.
Byorns doimo jangga keladi. U raqibini nokaut qilishga urinadi.
Biz muxlislar uchun qonli jang tashkil etib beramiz. O'ylaymanki, agar biz oktagonda uchrashsak, barcha xursand bo'ladi", - dedi Masvidal.
Fikrlar