22 sen 11:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Mavlud Tifiev Belarusda jang qilib, navbatdagi g'alabasiga ega chiqdi
O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Mavlud Tifiev faoliyatidagi yana bir jangini o'tkazib oldi.
Hamyurtimiz Belarusning Minks shahridagi Prime Hall majmuasida tashkil etilgan BFC 84 turniri doirasida oktagonga ko'tarildi.
Tifievga turnir doirasida mahalliy yurt vakili Yuriy Yanchevskiy raqiblik qildi. Hamyurtimiz 3 raundlik jangning ilk raundida raqibini bo'g'ish usuli orqali muddatidan oldin taslim etdi.
SHu tariqa, Mavlud MMAdagi ikkinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar