09 fev 13:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Mavlud Tifiev bugun ONE FC'da jang qilmaydigan bo'ldi
Bugun Tailandning Bangkok shahrida ONE Friday Fights 51 turniri o'tkaziladi.
Ushbu musobaqa doirasida o'zbekistonlik muay-tay ustasi Mavlud Tifiev ham jang qilishi kerak edi. Oqshomda hamyurtimizga mezbonlar vakili Avatar Seanchai raqiblik qilishi aytilgan edi.
Ammo Tifievning malum qilishicha, bu jangda u ishtirok eta olmaydi va u O'zbekistonga qaytmoqda. Mavlud buning sababini ochiqlamagan bo'lsa-da, keyingi jangini 1 mart kuni o'tkazishini aytib o'tgan.
Avatar Saenchaiga esa bu turnirda Belarus vakili Antar Kasem raqiblik qiladigan bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar