21 iyu 19:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Mavlud Tifiev ONE FC'da tailandlik Rembo bilan jang qilib, g'alaba qozondi
Ayni damda Tailandning Bangkok shahrida ONE Lumpinee 26 musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Musobaqadan o'rin olgan navbatdagi muay-tay to'qnashuvi yakuniga etdi. Unda yarim engil vazn toifasidagi hamyurtimiz Mavlud Tifiev mahalliy yurt vakili Remboga qarshi ringga chiqdi. 3 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan hamyurtimiz Mavlud Tifiev g'alaba qozondi.
32 yoshli Rattanabandit Rembo uchun bu ONE FC ligasidagi ikkinchi jang bo'ldi. U bundan avvalgi jangida Avstraliya vakili Tayson Xarrisonga mag'lub bo'lgan edi.
Mavlud Tifiev uchun bu bahs ONE FC ligasidagi to'rtinchisi bo'ldi. U bundan avvalgi uchta jangining bittasida g'alaba qozongan, qolgan ikkitasida esa mag'lubiyat alamini totib ko'rgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar