10 mar 19:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Mavlud Tifiev rossiyalik tajribali Alaverdi Ramazanovni qiyinchiliksiz mag'lub etdi
Mavlud Tifiev ONE FC ligasida ikkinchi jangini o'tkazdi.
O'zbekistonlik taniqli muaytay ustasi Mavlud Tifiev ONE FC'da ikkinchi jangini o'tkazishi haqida xabar bergan edik. Tailandda bo'lib o'tgan oqshomda hamyurtimiz rossiyalik Alaverdi Ramazanovga qarshi muay-tay qoidalari bo'yicha jangga chiqdi. Bahs to'liq 3 raund davom etdi va unda hakamlarning yakdil qarori bilan Mavlud Tifiev g'alaba qozondi.
Qayd etish lozim, Tifiev jang davomida o'zining kuchli zarbalari bilan raqibini nokdaun holatiga tushirib qo'ydi.
Malumot uchun, Ramazanov o'z vaznida ONE Championship ligasining ikkinchi raqamli jangchisi hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar