20 okt 10:18
Yangiliklar
Mavlud Tifievning ONE FC'dagi beshinchi jangi yanada jiddiy raqibga qarshi bo'ladi. Jang sanasi malum
Etiborlisi, mazkur musobaqada yarim engil vazn toifasida o'zbekistonlik muay-taychi Mavlud Tifiev ham navbatdagi muay-tay jangini o'tkazadi. Hamyurtimizga o'sha kuni tailandlik Yodpxupa Vimanair raqiblik qiladi.
Tailandlik Yodpxupa faoliyati davomida umumiy 75 ta muay-tay jangini o'tkazgan va ularning 63 tasida g'alaba qozongan, to'qqizta jangda mag'lub bo'lgan. Yana bir jangi esa durang bilan yakunlangan. U so'nggi jangini avgust oyida Antar Kasemga qarshi o'tkazib, nokautga uchragan.
Mavlud Tifiev esa 27 oktyabr kuni ONE FC ligasidagi o'zining beshinchi jangini o'tkazadi. U bungacha ushbu ligada ikkita g'alaba va ikkita mag'lubiyat qayd etgan. Mavlud so'nggi jangini iyul oyida Rembo Pech Portororga qarshi o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan edi.
Fikrlar