17 iyu 17:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Maxachev ham Zabitning ketishiga munosabat bildirdi
Rossiyalik MMA ustasi Islam Maxachev Zabit Magomedsharipovning faoliyatini yakunlash qarori haqida qisqacha fikr bildirdi.
"Endi tongni xotirjam kutib olishing mumkin, hech qaerga yugurishing ham shart emas", - deb yozgan Maxachev ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Malumot uchun, Zabit Magomedsharipov sog'ligidagi muammolar sabab anchadan buyon janglarda ishtirok etmayotgandi. Kecha Zabitning rasman faoliyatini yakunlagani malum bo'ldi.
Avvalroq, CHarlz Oliveyra Islam Maxachev haqida keskin fikr bildirib, shunga yarasha javob olgan edi. Bundan tashqari, Xabib Nurmagomedov ham Zabitning faoliyatini yakunlaganiga munosabat bildirgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar