So’nggi yangiliklar

08:41PWL 11. Заурбек Сидаковнинг Тошкентдаги рақиби эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 08:20Футзал. Осиё чемпионати бошланди. Бугун Ўзбекистон ўйнайди (Натижалар) 0 07:59Конор Бенн Шаҳрам Ғиёсов даъвогар бўлган WBA камари учун жанг қилмоқчи 0 07:38Маҳмуд Мурадов бир кунда уч рақибни енгганидан кейин илк бор пост қолдирди (+ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 07:17Ўзбекистон бокс федерацияси ва Asian Boxing ўртасида ҳамкорлик битими имзоланди (ФОТО) 0 19:20"Реал" бразилиялик ҳимоячига кўз тикди 0 18:59Ҳумоюн Султонов Заҳрадаги юришини муваффақиятли бошлади 0 18:38UFC рейтинги янгиланди: Гэтжи пешқадам Царукянни ортда қолдирди 0 18:17Сергей Фомин Manama Challenger 125 саралаши финалида уч сетлик учрашув ўтказди 0 17:56Абдуқодир Ҳусанов Осиё рамзий терма жамоасидан жой олди 0 17:35"Эҳтимол, кўпроқ даромад олиш учун Макгрегорни июлдаги PPV турнири учун асраб қўйишар" 0 17:14"Россиядан қувилган ҳақиқий жангчи". Конор Макгрегор — Павел Дуров ҳақида гапирди (+ФОТО) 0 16:53ATFC Лигасининг навбатдаги турнири ва чемпионлик мақомидаги асосий жанги эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 16:32Хитой компанияси дастлабки қиймати 43 млн доллар сармоя билан "Истиқлол" стадионини кенгайтириш бўйича лойиҳа тақдим этди + ФОТО 0 16:11Тайсон Фьюри Александр Усик билан жангларини сиёсий қарор деб атади 0

02 avg 18:07
Yangiliklar

Boks/MMA

Maxachev uchun eng xavfli raqib. Islam hali bunday pancher bilan jang qilmagan

Islamni hatto kurash ham qutqarib qolmasligi mumkin.

UFC 291 turnirida Jastin Getji Dastin Poreni shafqatsizlarcha nokautga uchratib, BMF kamarini qo'lga kiritdi va navbatdagi chempionlik jangi uchun asosiy davogarga aylandi. Ehtimol, Getji Maxachev - Oliveyra juftligida g'olibning raqibiga aylanadi va agar Islam CHarlzdan o'tib ketsa, nihoyatda havfli odamga duch keladi.

Islam UFC'dagi faoliyatida hech qachon Getjidek kuchli zarbaga ega raqib bilan jang qilmagan. Volkanovski zarba berishdan yiroq, Oliveyra zarba berish texnikasidan ko'ra ko'proq kurash bilan shug'ullanadi, Bobbi Grin va Den Xuker "nokautchi" deb atash mumkin bo'lgan jangchilar turkumiga kirmaydi.

Ammo Jastin haqida shunday deyish mumkin. BMF kamarining egasi kuchli zarbaga ega va uning raqiblari buni yaxshi bilishadi. Masalan, Dastin Pore.

“Uning jangovar tajribasi bor. Agar himoyada ishonchli tura olsa, Getji Islam uchun muammo bo'ladi. Uning zarbalari og'ir. Men buni hatto blok orqali ham his qildim. U to'g'ri chiziqlar bilan tanamga ikki marta urdi. Men tana azolari - jigariga, ko'kragiga urmaganman, lekin u sezgir edi. Uning kuchli suyaklari bor, u qattiq zaryad oladi - zarbalarga etibor qaratadi. O'z vaqtida javob berib, yuzimni burib qo'yganim sababli bir xuk zarba tegib ketdi. Aloqa paytida men o'girildim va bu harakat meni qutqardi.

Bu zarbaning kuchi meni bombaning issiqligidek kuydirdi. U qattiq zarba beradi. Agar Islam o'tkazib yuborsa, Getji yiqilmaslikka harakat qilsa va to'g'ridan-to'g'ri nishonga shunday zarbalar bersa, Islam parterga qulaydi. Getji dahshatli pancher. Bularning barchasi uning teykdaunlardan himoyalanishiga bog'liq, u  bu borada qattiq ishlaydi" - dedi Pore.

Maxachevning muammosi shundaki, u juda ko'p zarba o'tkazib yuboradi, Volkanovski bilan jang buni isbotladi. Ha, u Aleks bilan to'qnashuvda zarbalarga dosh berdi, lekin Getji har kim uchun chiroqlarni o'chirib qo'yishi mumkin. Bundan tashqari, Maxachev allaqachon nokautga uchragan, bu ham inobatga olinadi.

Dastin Pore mantiqan to'g'ri aytdi. Islam Getjini yiqita oladimi yoki yo'q, hammasi shunga bog'liq. Ammo Maxachevning kurashi Xabibnikidek kuchli emas. Hatto yiqitgan taqdirida ham hamisha raqibni parterda ushlab tura olmaydi va Xabibning ko'rsatmalarisiz turli usullar qo'llay olishi qiyin.

Islam Xabib kabi jangda tezda g'alaba qozonishi dargumon. Va stoykada, Jastin kabi raqib bilan har soniya o'ta xavfli: biroz turg'unlik, biroz xato - va siz tush ko'rishni boshlaysiz. Pore buni tasdiqlashi mumkin.

Takidlash kerakki, Jastin bu jangga katta motivaciya bilan kirishadi. Noyabr oyida 35 yoshga to'ladigan Getjiga bu chempion bo'lish so'nggi imkoniyat bo'lishi mumkin. Va bu imkoniyat uchun u oxirigacha kurashadi. Qolaversa, Jastin Xabibdan uchralgan mag'lubiyatni hamon miyasida saqlab turibdi va Maxachev ustidan qozonilgan g'alaba uni miyasidan o'chirib tashlashi mumkinligini takidlamoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

   
02 avg 23:35:07
Ilxom Abdullajanov
Titanic qis olivera yutadi ikkiga ayiradi pore qarib qoldi shunga yutqazdi miyamni sikma
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing