01 okt 12:37
Yangiliklar
Boks/MMA

"Maxachev uchun engil vaznga qaytish juda qiyin bo'ladi" - Pore
UFC sobiq jangchisi Dastin Pore Islam Maxachevning engil vaznga qaytish ehtimoli haqida fikr bildirdi.
"Hammasi uning g'alaba yoki mag'lubiyatiga bog'liq. U avval ham engil vazn uchun katta jangchi edi. Endi esa mushak massasini qo'shib, tanaga erkin harakat qilish imkoniyatini berdi. 70 kgga qaytish uchun ko'p vaqt kerak bo'ladi.
Kaloriyalarni keskin qisqartirish va qo'shilgan mushak massasini yo'qotishga to'g'ri keladi. Men bilamanki, u uchun 70 kg. meyorni bajarish doim qiyin bo'lgan. Endi esa bu yanada qiyinlashadi. Balki bu uning engil vazndagi faoliyatining yakunlanishi bo'lishi mumkin. CHunki uning tanasi uchun yuklama juda katta", — dedi Pore Mike Bohn’ning YouTube-kanalida.
Havola :
Manba : Mike Bohn
Fikrlar