07 noy 08:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Maxachev Volkanovskiga qarshi yana oktagonga chiqishi aniq bo'lganida, rafiqasi qanday reakciya qilganini aytdi
UFC jangchisi Islam Maxachev oilasidagilari MMAni unchalik tushunmasligini tan oldi.
"Ularning tushunchasi juda past. Onam familiyalarni yodda saqlab qola olmaydi. Volkanovskiga qarshi yana bir marta jang qilishim aniq bo'lganida, rafiqam telefon qilib: "Yana o'sha kal bilan jang qilasanmi?" deb savol berdi. Ular shunchaki yuzaki malumotlarni bilishadi, biroq ichidagi tushunchalarni, balki, ko'rgan bo'lishlari mumkindir.
Umuman olganda, uyimizdagi ayollar meni unchalik kuzatishmaydi. Faqatgina otam barchasini yoddan biladi", - dedi Islam Maxachev.
Havola :
Manba : «Матч ТВ»
Fikrlar