16 okt 15:34
Yangiliklar
Boks/MMA
Maxachev Volkanovskini muddatidan oldin yuta oladimi? Murabbiy javob berdi
Islam Maxachevning murabbiyi Xaver Mendes Aleks Volkanovskiga qarshi bo'lajak jang haqida gapirdi.
"Jang 5 raund davom etadimi? Ha, menimcha Volkanovskining kardiosi bunga imkon beradi. Albatta u zarbalar o'tkazib yuborishni boshlamasa. Men yana besh raundlik jang bo'ladi deb o'ylayapman.
Tezkor g'alaba yoki tasodifiy nokautlarni taxmin qilishni yoqtirmayman. Biz besh raundlik jang qilsak, o'zimni ishonchli his qilaman. Aleksga past baho berish yaramaydi. U buyuk chempion", - dedi Mendes.
Havola :
Manba : Submission Radio
Fikrlar