04 jan 16:20
Yangiliklar
Boks/MMA
"Maxachevni mag'lub etsam, dunyodagi eng yaxshisi bo'laman" - UFC jangchisi
UFC jangchisi Ien Gerri Islam Maxachev ustidan qozonilgan g'alaba uning darajasini hammaga isbotlab berishini aytib o'tdi.
"Er yuzida hech kimda shubha qolmaydi. Uni mag'lub etganimda, dunyodagi eng kuchli jangchini enggan bo'laman. Barcha bahonalar tugaydi. Boshqa variant yo'q. Ularni izlashning ham hojati yo'q. Men dunyodagi eng yaxshisi, haqiqiy chempion bo'laman va keyin yana kuchli himoya janglari o'tkazaman.
Islam — yirik jangchi. Hech qanday bahona yo'q — umuman. Men Maxachevni mag'lub etsam, chempion bo'laman. Bu erda muhokama qilishga hech narsa qolmaydi", — dedi Gerri.

Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar