29 sen 13:59
Yangiliklar
Boks/MMA

"Maxachevning muvaffaqiyatini Xabib bilan bog'lashadi, ammo ular boshqa-boshqa jangchilar" - UFC jangchisi
UFC’ning amerikalik jangchisi Nil Magni Jek Della Maddalena va Islam Maxachev o'rtasidagi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, Jekning yaxshi imkoniyatlari bor. U Bilol Muhammadga qarshi jangda o'zini alo darajada ko'rsatdi va teykdaunlarga qarshi himoya qila olishini isbotladi. U ko'pchilikni hayratga solishi mumkin.
MMA muxlislari Islam kabi yigitlar odatda bunday janglarda g'alaba qozonishini ko'rib kelgan. Lekin ular Maxachevning muvaffaqiyatini Xabib bilan bog'lashadi. Aslida esa ular mutlaqo turlicha jangchilar. Men o'z fikrimda qolaman — Jekda hammani hayratga solish imkoniyati bor", — dedi Magni.
Havola :
Manba : MMA Crazy
Fikrlar