24 mar 12:48
Yangiliklar
Mayami. Elena Ribakinaning muvaffaqiyatli yurishi davom etadi
Jahonning 7-raketkasi qozog'istonlik Elena Ribakina WTA reytingida 64-o'rinni egallab turgan rossiyalik Anna Kalinskayaga qarshi kortga chiqdi.
Uchrashuvda Ribakina 7/5, 4/6, 6/3 hisobida zafar quchdi. O'yin 2 soatu 16 daqiqa davom etdi. Bahs davomida Ribakina 14 ta eys, 7 ta qo'shxato va 5 ta breyk qayd etgan bo'lsa, Kalinskaya 1 ta eys amalga oshirib, ikki bor qo'shxatoga yo'l qo'ydi hamda to'rtta breykdan unumli foydalandi.
Endi Ribakina uchinchi davrada Ispaniya vakili Paula Badosaga (dunyoning 21-raketkasi) qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o'tamiz, Mayami "Masters"ining sovrin jamg'armasi 8 800 000 AQSH dollarini tashkil etadi.Turnir 2 aprelga qadar davom etadi. Turnirning amaldagi g'olibi polshalik Iga Svyontek hisoblanadi.
Fikrlar