07 sen 14:37
Yangiliklar
Boks/MMA

Mayk Tayson: Fyuri, Joshua, "publika"ga o'ynashni bas qilinglar!
Boks afsonasi Mayk Tayson og'ir vazn chempionlari Tayson Fyuri va Entoni Joshuaga maslahat berdi.
“Ularning har ikkisi ham ajoyib bokschilar. Joshua va Fyuri boshqa bokschilar singari ko'proq pul ishlab olishni rejalashtirgan. Allaqachon o'zaro jang qilish vaqti etib kelgan. Har ikkisi ham omma oldida "publika"ga o'ynab, ko'p gapirmasdan, jang qilsin”, - dedi Mayk.
Eslatib o'tamiz, Joshua navbatdagi jangini o'zining IBF kamariga rasmiy davogar, bolgariyalik Kubrat Pulevga qarshi o'tkazadi. Fyuri esa Deontey Uaylderga qarshi uchinchi jangda ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar