25 sen 10:10
Yangiliklar

Mayk Tayson Joshua bilan jang o'tkazishni rejalashtirmoqda
Joshua ayni paytda WBA, IBF, WBO va IBO chempionlik kamarlari sohibi hisoblanadi. Tayson bo'lajak jangdan tushadigan barcha mablag' xayriya ishlariga yo'naltirilishini aytgan.
"Men bajonidil bu jangga rozilik beraman. Yashirmayman, bu jang meni qiziqtirib qo'ydi. Kelinglar, Tayson - Joshua jangini tashkil etaylik va undan tushadigan barcha pullarni xayriya ishlariga yo'naltiraylik", - degan Tayson IFL TV kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, 54 yoshli Mayk Tayson noyabr oyida yana bir afsona Roy Jonsga qarshi ringga chiqishi kerak. Aslida bu ko'rgazmali xarakterdagi jang 12 sentyabr kuni o'tkazilishi kerak edi. Lekin keyinchalik tashkilotchilar jangni kechroq muddatga ko'chirishdi.
Fikrlar