27 sen 18:00
Yangiliklar
Boks/MMA
Maykl CHendler kutilmaganda Islam Maxachev tomoniga tosh otdi
Engil vazn toifasida sobiq UFC kamariga davogar Maykl CHendler Islam Maxachevni chempionlik jangiga loyiq emas deb hisoblaydi.
"Islamga hech qanday xusumatim yo'q. Biroq u hech bir top jangchiga qarshi oktagonga ko'tarilmadi. Bu haqiqat. U vaznning 14-raqamli jangchisini mag'lub etdi, keyin Xukerni taslim qildi. Ko'pchilik men ham Xukerga qarshi jang qilganimni aytishadi, biroq men jang qilgan vaqtdagi Xuker umuman boshqa daraja edi.
Islam juda ham kuchli emas, uni Oliveyraga qarshi jangda qanday qilib favorit deb hisoblashayotganini tushunmayapman. Bu ahmoqlik»,-deb yozib qoldirgan CHendler.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar