13 jan 10:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Maykl CHendler Toni Fergyuson bilan jang qilish shartini aytdi
Bellator sobiq chempioni Maykl CHendler boshqa bir ajoyib MMA jangchisi Toni Fergyuson tashlagan chaqiruvni qaysi holatda qabul qilishini aytdi.
"Men Toni Fergyuson bilan bajonidil jang qilaman. Ammo, bu uchun etarli muddat berilishi kerak. Menga sakkizdan o'n haftagacha vaqt lozim. Men sportga, janglarga juda jiddiy yondoshaman. SHu sabab ham, men bu jangni besh haftalik muddatda qabul qilmoqchi emasman", - deydi Maykl CHendler.
Eslatib o'tamiz, Toni Fergyuson Maykl CHendlerni ataylab jang tashkil qilinishini cho'zayotganlikda ayblagandi.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar