03 jan 10:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Maykl CHendler Toni Fergyusonga "otvet" qildi
Engil vaznda UFC chempionlik kamariga sobiq davogar Maykl CHendler Toni Fergyusonga javob qaytardi.
Toni CHendlerni jang muddatini atayin cho'zib kelayotganlikda ayblagandi.
"Ey, Toni. Bu o'yinda men hurmat qiladigan yigitlar ko'p, sen ulardan birisan. Sening obro'ying yoki diviziondagi hozirgi holating uchun emas, bu erda anchadan beri ekanliging uchun hurmat qilaman. Lekin o'zaro jangimizda seni qo'ng'iroqdan qo'ng'iroqqacha do'pposlayman. Yaratgandan jangimizga rahmdil hakam tayinlanishini iltijo qilib so'ra", - deya Tvitter sahifasida xabar qoldirgan CHendler.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar