29 jan 11:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Maykl CHendler: Xabib zeriksa, qaytadi!
UFC jangchisi Maykl CHendler UFC'dagi faoliyati haqida gapirdi.
“Xabib Nurmagomedov — barcha davrlarning eng zo'r jangchisi! Biroq, barcha uni ketganini yaxshi tushunib turibdi. Kelinglar, uning ketganini tan olaylik va kamarni vakant, yani egasiz qoldiraylik. Vakant qolgan kamarga esa shu yilning dastlabki choragida jang o'tkazish kerak.
CHempionlik uchun esa men va Pore oktagonga ko'tarilishimiz lozim deb o'ylayman. Men bu jangdan so'ng UFC kamariga ega bo'laman. Bundan keyin men kamarni himoya qilarman, balki Xabib zerikib ketib, yana qaytar. U qaytishi va rekordini 30-0 qilishi lozim deb o'ylayman", - dedi CHendler.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar