22 jan 17:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Mayrbek Xasiev Mineev - Ismailov jangini tanqid qildi
ASA ligasi rahbari Mayrbek Xasiev o'tgan yili Sochida bo'lib o'tgan AMS Fight Nights 105 turnirining markaziy jangi - Vladimir Mineev va Magomed Ismailov to'qnashuvini tanqid ostiga oldi.
“Biz Ismailov va Mineev jangini muhokama qilgan paytimiz bo'ldi. Aytaylik, Ismailov - Mineev jangi shov-shuvli voqeadir. Ammo, bu jangda ajralib turadigan hech narsa ko'rmadim. Ikkinchi raunddan so'ng bir jangchi charchagan, ikkinchisi g'alaba qozongan – bor gap shu xolos".
SHu bilan birga, Xasiev AMC Fight Nights’da Magomed Ismoilovni texnik nokautga uchratgan Vladimir Mineevni o'rta vazn toifasida ACA ligasi chempioni bilan birlashtiruvchi jang qilmasligiga ishora qildi.
“Biz Mineev bilan ACA’da jang qilmaymiz, bu aniq. Men buni xohlamayman", – dedi Xasiev.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar