05 okt 09:40
Yangiliklar
Mazimbaev: "Unga butun Qozog'iston qarab turibdi"
"Kunkabaev yarim final jangidan ishonch bilan mahorati evaziga o'tdi. Biroq finalda unga oson bo'lmaydi. Barchasi Kamshibekning qo'lida - u g'alaba qozonishi ham mumkin. U g'alaba qozonish uchun bor imkoniyatini ishga soladi, chunki unga butun Qozog'iston qarab turibdi. Unga omad tilayman", - dedi mutaxassis.
92 kg vazn toifasidagi final jangi bugun o'tkaziladi. Eslatib o'tamiz, Kamshibek - Olimpiada-2020ning bronza, jahon chempionatining ikki karra kumush, Osiyo chempionatining to'rt karra kumush medallari, shuningdek, harbiy hizmatni amalga oshirayotganlar o'rtasidagi jahon chempioni hisoblanadi. Bahodir Jalolov esa 2020 yilgi Olimpiada chempioni, Osiyoning uch karra, jahonning ikki karra chempionidir.
Fikrlar